
Rojdestvo arafasidagi tun
Скачать
Начало книги
Rojdestvoga bir kun qolgan edi, u ham o‘tdi. Bulutsiz qish kechasi boshlandi. Yulduzlar charaqlab chiqdi. Oy ham, yaxshilarning yo‘li yerisin, olam ro‘shno bo‘lsin, hamma shodxursand quvonib yoramazon[1] aytsin Iso alayhissalomga madh o‘qisin, deb osmonga viqor bilan kutarildi. Sovuq kunduzgidan kuchliroq. Ammo, shunday sokinlik ediki, oyoq ostidagi qorning g‘archnllashi yarim chaqirimdan eshitilardi. Uspirinlar hali deraza tagida to‘planishganlari yo‘q. yolg‘iz oygina yasangan qizlarni g‘archillama qorga tezroq chiqinglar, deb chaqirayotganday darchalardan mo‘ralardi. Bir uyning mo‘risidan burqirab tutun chiqib, osmonga ko‘tarildi, tutun ichida supurgi mingan yalmog‘iz ham osmonga chiqib ketdi.
Agar shu paytda sorochinlik sud maslahatchisi fuqaroga qarashli otlardan uchtasi qo‘shilgan aravada, sarvoz yigitlarnikidek qunduzi telpak, adipiga qora barra tikilgan po‘stin kiyib, to‘qima qamchinini silkitib o‘tib qolsa, darhol yalmog‘izga ko‘zi tushgan bo‘lardi, chunki duiyodagi birorta ham yalmog‘iz uning nazaridan qochib qutulolmagan. Qaysi bekaning cho‘chqasi nechta tuqqanini, kimping sandigida qancha bisoti borligini, saxiy kishi ulug‘ bayram kunida bisotidan, ro‘zg‘oridan nimasini olib chiqib araqxonaga garov qo‘yishini ham biladi. Ammo sorechinlik sud maslahatchisining yo‘li bugun buyoqqa tushmadi, tushganda ham, boshqalar bilan uning nima ishi bor, o‘zining tashvishi ko‘p. Ammo yalmog‘iz shunday balandga chiqdiki, pastdan qora dog‘ga o‘xshab ko‘rindi. Dog‘ osmonning qasriga borsa, yulduzlar birin-sirin g‘oyib bo‘laverdi. Yalmog‘iz birpasda yengini yulduzga to‘ldirib oldi. Osmonda uch-to‘rttagina yulduz qoldi, xolos.
- Жанр
- Классическая проза
- Оригинальное название
- Ночь перед Рождеством
- Год написания
- 2012
- Издание
- «Yosh Gvardiya», Toshkent, 1980
- Язык
- uz
- Размер FB2
- 366,8 КБ
- Добавлена